16 avg 11:43
Yangiliklar
Futbol
Yangi mavsum oldidan "Manchester Siti"ning sardorlari elon qilindi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enco Mareska himoyachi Ruben Diash va hujumchi Erling Xoland bo'lajak mavsum uchun jamoaning rasmiy sardorlari qatoridan o'rin olganini elon qildi.
Avvalgi sardor Bernardu Silva klubni tark etib, Madridning "Real" klubiga o'tganidan so'ng murabbiylar shtabi kiyinish xonasida yangi sardorlarni shakllantirishni boshladi. Mavsum startidagi muhim o'yinlar oldidan Mareska dastlabki nomzodlar tanlovini tasdiqladi:
"Hozirda men Ruben va Erlingni tanladim, yana ikki sardor nomini esa transfer oynasi yopilganidan keyin malum qilmoqchiman", — dedi mutaxassis.
Italiyalik ustoz, shuningdek, jamoa etakchisi va sardori maqomi to'liq fidokorlikni talab qilishini takidladi: Mareskaning fikricha, murabbiylar shtabi qo'lida bog'ichi bor o'yinchilardan har bir o'yinda ancha ko'proq bosim va masuliyat kutadi.

Havola :
Fikrlar