10 avg 11:03
Yangiliklar
Futbol

Dibala "Yuventus"da afsonaviy raqamda o'ynaydi
"Yuventus" jamoasi hujumchisi Paulo Dibala turinliklar uchun ajoyib xotiralarga boy raqamda o'ynaydigan bo'ldi.
Paulo Dibala 21-raqamni 10-raqamga almashtiradi. "Yuventus" klubi afsonaviy 10-raqamni Dibalaga berishga qaror qildi.
"Yuventus" uchun ushbu raqam alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki ushbu raqamda Alessandro Del Pero bir necha yillar muvaffaqiyatli to'p tepgan va bu raqam turinlik muxlislar uchun ham juda qadrli sanaladi.
Eslatib o'tamiz, Del Perodan keyin ushbu raqamda bir muddat Teves va Pogba o'ynagandi. Endilikda ushbu raqam Paulo Dibalaga taqdim etildi.
Havola :
Fikrlar