07 avg 14:39
Yangiliklar
Futbol

Diego Forlan futbolchilik faoliyatini yakunladi
"Atletiko" hamda Urugvay terma jamoasi sobiq o'yinchisi Diego Forlan futbolchilik faoliyatini yakunladi.
40 yoshli futbolchilik bu haqidagi qarorini intervyularidan birida aytib o'tdi.
"Bu og'ir qaror bo'ldi. Men bu paytni kelishini kutgamagan edim, ammo hamma futbolchi bir kun kelib faoliyatini yakunlashi muqarrar. Men ham shunday qarorga keldim. Yaqinda menga qiziqarli taklif tushgan edi, lekin men uzr so'ragan holda bu taklifni rad etdim.
Faoliyatimni "Penyarol"da yakunlash ajoyib ish bo'lar edi, ammo muzokaralar muvaffaqiyatsiz o'tdi", - deydi Forlan. Futbolchi faoliyati davomida "Manchester Yunayted", "Atletiko" va "Inter" kabi taniqli klublarda o'ynagan.
Havola :
Fikrlar