13 apr 13:53
Yangiliklar
Futbol

Diego Godin La Ligaga qaytishi mumkin
"Inter" himoyachisi Diego Godin mavsum so'nggida Italiya klubini tark etishi mumkin.
Urugvaylik futbolchiga "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Valensiya" klublari qiziqish bildirmoqda. Ammo, Urugvay terma jamoasi sardori oldin o'zi o'ynagan "Atletiko"dan tashqari boshqa ispan klublariga o'tishni xohlamayapti.
Malumot uchun, futbolchining "Inter" klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Godin joriy mavsum A Seriyada 16ta o'yinda maydonga tushdi.
Havola :
Fikrlar