So’nggi yangiliklar

15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0

05 jan 19:20
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Dilmurod Nabiev: O'smirlar yozgi Osiyo o'yinlariga o'rtacha 15 mingga yaqin mehmon keladi

Teglar :  Dilmurod Nabiev
Xalqaro press-klubning bugungi sessiyasida ishtirok etgan Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev 2025 yili Toshkent shahri mezbonlik qiladigan IV o'smirlar yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ishlarining borishi masalasiga ham to'xtalib o'tdilar.

- Murojaatnomada Prezidentimiz Toshkent shahri 2025 yilgi IV o'smirlar yozgi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritganligini faxr bilan takidlab o'tdilar. Bu masalani yurtboshimiz 2019 yildayoq oldimizga vazifa sifatida belgilab bergandi va 2020 yilga kelib maqsadimizga erishdik. SHuni alohida takidlashni istardim, musobaqa mezbonligi uchun Toshkentdan tashqari qitamizning yana to'rtta yirik shaharlari kurash olib borishdi. Osiyo Olimpiya Kengashidan maxsus komissiya kelib Toshkent xalqaro aeroportining o'tkazuvchanlik qobiliyati, mehmonxonalar, sport inshootlarining joylashuvi, musobaqalarning teletranslyaciya masalalari kabi barcha jihatlarni o'rganishdi va yakunda bizning foydamizga qaror qabul qildi. Bu albatta ulkan sharaf, shu bilan birga zimmamizga juda katta masuliyat yuklaydi. CHunki shu paytga qadar o'tkazilgan o'smirlar yozgi Osiyo o'yinlarida o'rtacha 5 ming nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan. Ularning yoniga trener, shifokor, rasmiy delegaciya vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini qo'shib hisoblasak Toshkentga o'rtacha 15 mingga yaqin mehmonlar kelishi kutilmoqda.

Albatta, buning uchun etarlicha sharoit yaratilishi lozim. SHu maqsadda Prezidentimizning topshiriqlariga asosan Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida barcha sharoitlarga ega, xalqaro talablarga javob beradigan Olimpiya shaharchasi barpo etiladi. Bu borada Qurilish vazirligi bilan amaliy ishlar boshlab yuborilgan va bu erda barcha infratuzilma muhayyo qilinib, Olimpiya shaharchasi 2025 yilgacha foydalanishga topshirilishi kerak.
Bu musobaqani o'tkazish uchun OOK(Osiyo Olimpiya kengashi)ning o'ziga yarasha talablari ham bor. Jumladan, keyingi yildan musobaqaning targ'ibot ishlarini boshlash, uning emblemasi va ramzini yaratish kabi vazifalar bor. O'z navbatida OOKning maxsus ishchi guruhi kelib tayyorgarlik ishlarining qanday borayotganligini o'rganadi. Har yili Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan bir yilda qilingan ishlar, kelgusi yilgi rejalar bo'yicha taqdimotlar qilib boradi.

O'smirlar yozgi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qiladigan davlatning yutug'i – ular musobaqa dasturiga kiritiladigan sport turlarini belgilab berishadi. Ammo, musobaqa dasturidan Olimpiya o'yinlariga kiritilgan kamida 8ta sport turi o'rin olishi kerak. Biz mezbonlik qilgach, tabiiyki yurtimizda anchagina rivojlangan sport turlari, jumladan erkin va yunon-rum kurashi, boks, dzyudo, jamoaviy o'yin turlaridan futbol, qolaversa suzish kabi turlar va albatta o'zimizning milliy sport turlarini kiritishga harakat qilamiz. O'z navbatida yoshlarimizni bugundan ushbu musobaqaga puxta tayyorlab borish, buning uchun selekciya ishlarini kuchaytirish, terma jamoalarga barcha sharoitlarni yaratib berish choralarini ko'ramiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing