16 apr 20:29
Yangiliklar
Taekvondo
Ayubxon Nabiev jahon chempionati shohsupasida! Medallarimiz 4 taga etdi
Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz g'aznasi yana bir medal bilan boyidi.
Yigitlar o'rtasidagi -68 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda finalgacha etib borgan Ayubxon Nabiev kumush medal sohibiga aylandi.
Sportchimiz musobaqa davomida Bolgariya, Marokash, Koreya Respublika, Qozog'iston vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Biroq hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Ismail Ismailovga imkoniyatni boy berib qo'ydi.





Havola :
Fikrlar