So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

08 okt 11:28
Yangiliklar

Xokkey

Dmitriy Kramarenko "Humo" bilan o'yindan so'ng: Hujumda raqibga to'lig'icha imkoniyatni boy berdik

"Ermak" xokkey klubi bosh murabbiyi Dmitriy Kramarenko "Humo"ga qarshi mag'lubiyatdan so'ng (1:5) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yutqazdik. Hujumda raqibga to'lig'icha imkoniyatni boy berdik, huddi himoyadagi kabi. Ko'pchilik qolganimizda ham yomon o'ynadik. Afsuski, biz hozircha bunday zarbalarni qabul qila olmayapmiz. 


-Sizda juda ajoyib darvozabon bor. Nima uchun bundalik kam ochko jamg'argansizlar? Sizlarga nima halal bermoqda?

-Darvozabon - 70 foiz natija degani. Aytib o'tganimdek, biz zarbani ko'tara olmayapmiz. Bugun gol o'tkazib yuborgandan so'ng ham vaziyatni o'zgartira olmadik. Jamoaviy rux yo'q. Har qanday vaziyatda raqibga "yo'q" deydigan jangovar tarkib yo'q. Mana shu eng asosiy sababdir. 


-Jamoaviy rux haqida gapirdingiz. Jamoa uchinchi golni o'tkazib yubordi. SHundan so'ng xokkeychingiz qo'pol xato qildi va to'rtinchi shayba kiritildi. Sabab bormi: yosh yoki tajriba etmayaptimi? Ikkinchi savolim, jamoada tarkibni kuchaytirish bo'yicha imkoniyatlar qanday?

-Biz shoshma-shosharlik bilan, tarkibni kuchaytirish orqali muammoni hal qilish tarafdori emasmiz. Jamoaviy rux haqida gapirsak, yoshlikda ham, tajribada ham gap ko'p. Hozircha ular yagona g'oya atrofida birlasha olishmayapti, buning uchun ular juda ko'p vaqt birga bo'lishlari kerak. Ular jipslashmagunga qadar g'alabalar bo'lmaydi", - dedi mehmonlar murabbiyi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing