13 iyu 11:03
Yangiliklar
Tennis
Dominik Tim 2021 yilning mayidan ATP turniridagi buyon ilk g'alabasiga erishdi
Jahonning sobiq uchinchi raketkasi, avstriyalik Dominik Tim Bostaddagi turnirning birinchi davrasida finlyandiyalik Emil Ruusuvuoriga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 39 daqiqa davom etgan o'yinda Tim 3:6, 6:1, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Tim bu orqali ATP turnirlaridagi 10 ta o'yinlik mag'lubiyatli seriyasiga chek qo'ydi. U jarohat olib, safga qaytganidan so'ng g'alaba qozona olmay kelayotgandi.
So'nggi marotaba u ATP turnirlari doirasida may oyida g'alabaga erishgandi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar