04 avg 12:46
Yangiliklar
Tennis
Dominik Tim bosh sovrinni begona qilmadi
Dunyoning to'rtinchi raketkasi hisoblangan avstriyalik Dominik Tim Kitcbyueldagi musobaqaning bosh mukofotini qo'lga kiritdi.
Avstriyalik tennischi 1 soatu 38 daqiqa davom etgan hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 69-pog'onasini egallab turgan ispaniyalik Albert Ramosni 7/6(0), 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu Tim uchun faoliyatidagi o'n to'rtinchi, mavsumdagi uchinchi sovringa aylandi. 25 yoshli Dominik Generali Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok sababli 250 reyting ochkosi hamda 90 390 evro mukofot puliga ega bo'ldi.
Havola :
Fikrlar