10 dek 14:49
Yangiliklar
Boshqalar
Domracheva va Borndalen Jahon Kubogini o'tkazib yuborishadi
Belaruslik biatlon malikasi Darya Domracheva hamda uning turmush o'rtog'i norvegiyalik Ule-Eynar Borndalen Jahon Kubogining uchinchi bosqichida ishtirok etmaydi.
“Men o'zimning Xoxfilcen shahrida o'tgan Jahon Kubogining ikkinchi bosqichdagi ishtirokimdan ko'nglim to'ldi. Ikki kun ichida ikki bor shoxsupaga ko'tarildim. Lekin shuni aytishim ham kerak, musobaqada juda ham charchadim.
Endi Ule-Eynar bilan Italiyaga yo'l olamiz va u erda
o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazamiz. SHu sababdan ham Gran-Bornandagi uchinchi bosqichni
o'tkazib yuboramiz va Oberxoffdagi Jahon Kubogi bosqichida yana safga qaytamiz”, –
dedi Domracheva.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar