24 dek 08:56
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Uch karra Evropa chempioni mehmonxonada o'lik holda topildi
Norvegiyalik 27 yoshli biatlonchi, Jahon kubogi bosqichi g'olibi, uch karra Evropa chempioni Sivert Guttorm Bakken Italiyaning Lavaza shahridagi mehmonxonada o'lik holda topildi.
Bu haqda Norvegiya biatlonchilar ittifoqi xabar bermoqda. O'lim sababi hozircha nomalum.
"Birinchi navbatda Sivertning oilasi va uning barcha yaqinlari haqida o'ylaymiz. Biz voqea joyida ishlayotgan Italiya rasmiylari bilan aloqadamiz. Jamoadosh biatlonchilardan bu og'ir damlarda xotirjamlikni saqlash so'raladi", - dedi tashkilot bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Emili Nordskar.
Bakken 2016 yilgi o'smirlar o'rtasidagi qishki Olimpiya o'yinlarida ham qatnashib, ikkita oltin va bitta kumush medalni qo'lga kiritgandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar