So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

24 okt 14:22
Yangiliklar

Eshkak eshish

Doping sabab belgilangan diskvalifikaciya sportchimizning Osiyo o'yinlaridagi oltin medaliga tasir qiladimi?

Avvalroq, O'zbekiston "Rowing&Sanoe" federaciyasi sportchisi SHohmurod Xolmurodovdan olingan doping sinamasida taqiqlangan "Klomifen" moddasi borligi aniqlangan edi.

"Butunjahon antidoping kodeksining 2.1 qoidasi (taqiqlangan modda yoki uning metabolitlari va markerlari sportchi analizida mavjudligi)ni buzganligi sababli Butunjahon antidoping kodeksining 10.2.1 bandiga binoan sportchi 3 yil muddatga diskvalifikaciya qilindi. Diskvalifikaciya jazo muddatini o'tayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.h.k)ning diskvalifikaciya muddati tugagunga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar hamda o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda o'sha shaxsga nisbatan umrbod diskvalifikaciya muddati qo'llanilishi mumkin. SHuningdek, kodeksda sport federaciyasi yoki associaciyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo'llash mumkinligi belgilangan", deyilgandi Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabarida. 

Lekin Agentlik xabarida sportchimizdan qaysi musobaqada va qachon doping uchun tahlil olingani, jazo muddati qaysi kundan kuchga kirishi ochiqlanmagandi. Gap Osiyo o'yinlari chempioni haqida ketayotgani bois, bu diskvalifikaciya o'tgan yili Xanchjouda qo'lga kiritilgan 22 ta oltin medalimizga tasir qilishi mumkin edi. SHu bosidan ham biz Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati bilan bog'lanib, mavhumlikka oydinlik kiritdik.    

"Xolmurodov diskvalifikaciyasining Osiyo o'yinlarida qo'lga kiritgan oltin medaliga tasiri yo'q. Sababi, undan 2024 yilning 7 mart kuni doping sinama olingan. Diskvalifikaciya muddati (vaqtinchalik sportdan chetlatish muddatini hisobga olgan holda) 2024 yil 3 apreldan 2027 yil 2 aprelga qadar belgilangan", deya vaziyatga oydinlik kiritdi O'zbekiston Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati rahbari Humoyun Omonov.

Eslatib o'tamiz, SHohmurod Xolmurodov o'tgan yili Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida Nurislom To'xtasin o'g'li bilan birgalikda oltin medalni qo'lga kiritgan edi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing