So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

10 may 21:44
Yangiliklar

Boshqalar

Do'stimni xotirlab

Teglar :  Do'stimni xotirlab
Jo'raqo'zi bilan 2000 yillarda Toshkentda tanishganmiz.

Oddiy, kamsuqum bu yigit sport jonkuyari edi. Men sportchi bo'lmasamda, kasbim taqozosi bilan sportga oshno edim. Bu xislatlar bizni yaqinlashtirgan bo'lsa, ajab emas. U yaxshigina chavandoz edi. Moskvada o'tkazilgan ot poygasida Jahon chempioni bo'lgan. Ammo bu haqda ko'pam gapiravermasdi. 

Ot sporti, uloq-ko'pkari haqida gap ketganda uni to'xtatish qiyin bo'lardi. U jo'shib ketardi. Otlar haqida soatlab gapirardi. Uning bu sohada etakchi mutaxassis ekanligiga tan bermaslikning iloji yo'q edi.

Ot sporti federaciyasida, uloq-ko'pkari federaciyasida uzoq yillar turli lavozimlarda mehnat qilgan bu tirishqoq inson 60 yoshga etar etmas bandalikni bajo qildi. Farg'onaning Beshariq tumanida tug'ilib, voyaga etgan Jo'raqo'zi Turdimatovning orzulari bisyor edi. Ot sporti, uni rivojlantirish bo'yicha takliflari, rejalari ko'p edi. Sportning bu turidan ham vakillarimiz olimpiya o'yinlarida ishtirok etishini jon-jon deb istardi. Afsus, HAYOT beshavqat ekan. U endi oramizda yo'q. 2018 yil 9 sentyabrda jon taslim etdi. Uning ortida oilasi, farzandlari o'nlab shogirdlari qoldi. Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanayotgan ushbu kunlarda marhum do'stimiz Jo'raqo'zi Turdimatovni ozgina bo'lsada, xotirladik. Uning ruhi shod, oxirati obod bo'lishini Ollohdan so'rab qolamiz.

Ushbu fotolar uning faoliyatidan ozgina bo'lsada, tasavvur beradi, degan umiddamiz.

Fotolar muallifi  Alimurod MAMADAMINOV.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing