08 sen 07:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Doston Bozorov Sayat Abduali bilan jang qilishiga ishora berdi
Engil vazn toifasida Octagon League'ning o'zbekistonlik sobiq chempioni Doston Bozorov kamarning amaldagi sohibi qozog'istonlik Sayat Abdualiga murojaat qildi.
Eslatib o'tamiz, Abduali 5 sentyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tgan Octagon 91 turniri doirasida hamyurtimiz Asadbek Saidovni taslim etib, Liganing yangi chempioniga aylangandi.
Ushbu g'alabaga Doston Bozorov quyidagicha munosabat bildirdi:
"Tabriklayman, qoyil, Sayat! Kamarimni ehtiyot qil. Tez orada ko'rishamiz", deb yozgan hamyurtimiz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar