08 okt 10:36
Yangiliklar
Bugun Jahon chempionatida to'rt nafar dzyudochimizning ishtirokiga guvoh bo'lamiz
Bugun musobaqaning beshinchi kuni erkaklar o'rtasida -90, ayollarda esa -70 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Bugungi dasturda terma jamoamizning bir yo'la to'rt nafar vakili — Nurbek Murtazoev, Umar Bozorov, Xurshida Razzoqberdieva va SHirinjon Yo'ldosheva tatamiga chiqadi.
Kunduzgi dastur saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 11:00da boshlanadi. Dzyudochilarimizga masuliyatli bahslarda g'alaba yor bo'lsin!
Dzyudochilarimizning ilk davra bahslari:
-90 kg: Nurbek Murtazoev — Roy Sivan (Isroil)/Eduard Trippel (Germaniya)
-90 kg: Umar Bozorov — Aleksa Mitrovich (Franciya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva — Tamara Lishchenko (Rossiya)
-70 kg: SHirinjon Yo'ldosheva — Ida Eriksson (SHveciya)

Fikrlar