08 sen 16:40
Yangiliklar
Tennis

Do'stov Toshkentga qaytdi va terma jamoa safiga qo'shildi
Bugun mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Farrux Do'stov poytaxtimizga qaytdi va terma jamoa safiga qo'shildi.
SHu kunlarda terma jamoamiz azolari tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati xisoblangan Devis Kubogining jahon ligasiga yo'llanma beruvchi pley-off o'yiniga tayyorgarlik ko'rishyapti. 16-18 sentyabr kunlari Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida O'zbekiston va SHveycariya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.
Hozirda Petr Lebed bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz mashg'ulotlarida istedodli Jo'rabek Karimov va Sanjar Fayziev ishtirok etyapti. Bugundan Farrux Do'stov ham mashg'ulotlarga qo'shiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar