21 iyu 07:10
Yangiliklar
Tennis

Do'stov “Uimbldon” turniri saralashida mag'lub bo'ldi
Londonda “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yilning to'rtta yirik musobaqasidan biri – “Uimbildon” turnirining saralash bahslari boshlandi.
Xabar berganimizdek, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Farrux Do'stov ushbu musobaqaning saralash bahslarida ishtirok etishi kerak edi. Afsuski, hamyurtimiz saralashning ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Yaponiyalik Xiroki Moriyaga qarshi kortga chiqqan Do'stov raqibiga ortiqcha qarshiliksiz 2:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 25 yoshli Moriya dunyo reytingida 224-o'rinni egallab turibdi. Do'stov esa 222-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar