04 dek 19:31
Yangiliklar
Dragan CHeran Rivaldoning rekordini yangiladi
Mavsum davomida 23ta gol urgan "Paxtakor" azosi Dragan CHeran Superliga to'purari bo'ldi. Ikkinchi o'rinni uning jamoadoshi Igor Sergeev egalladi - 17ta gol. AGMK hujumchisi Zafar Polvonov 15ta gol urib to'purarlar poygasida uchinchi o'rinni egalladi.
O'tgan mavsum ham "Paxtakor" vakili Tiago Bezerra 17ta gol bilan to'purar bo'lgan edi. Umuman olganda oltinchi marta xorijlik futbolchi O'zbekiston chempionatida to'purar bo'ldi. Dragan CHeran O'zbekiston chempionatida bir mavsum davomida eng ko'p gol urgan legionerga aylandi. Hozirga qadar xorijiy futbolchilar uchun rekord Rivaldoga tegishli edi - 20ta gol.
Barcha legioner to'purarlar ro'yxati:
2009 - Rivaldo 20ta gol (Braziliya)
2011 - Milosh Trifunovich 17ta gol (Serbiya)
2013 - Oleksandr Pishur 19ta gol (Ukraina)
2014 - Artur Gevorkyan 18ta gol (Turkmaniston)
2018 - Tiago Bezerra 17ta gol (Braziliya)
2019 - Dragan CHeran 23ta gol (Serbiya)
Fikrlar