So’nggi yangiliklar

17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0 10:59Илгиз Танташевнинг ЖЧ-2026`даги тақдири маълум! 0 10:27SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек ва Алиреза бир хилда очко тўплади, чемпион номини армагедон ҳал қилди 0

12 dek 16:41
Yangiliklar

Futbol

Drulovich O'zbekiston Olimpiya terma jamoasidagi muhit haqida gapirdi

Teglar :  Drulovich
8-26 yanvar kunlari Tailand yashil maydonlarida U-23 Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik jarayonini davom ettirmoqda.

Olimpiyachilarimiz ustozi Lyubinko Drulovich tayyorgarlik jarayoni hamda oldindagi rejalar xususida o'z fikrlarini bildirdi:

- Oldinda bizni juda masuliyatli musobaqa kutib turibdi. Hozirda Osiyo chempionatiga hozirlik jarayonining yakuniy bosqichidamiz. Dastlab Toshkentda shug'ullanamiz, keyin 16 dekabrdan esa BAAda mashg'ulotlarni davom ettiramiz. Hali qita chempionatigacha o'rtoqlik o'yinlarida ham maydonga tushamiz.

Ayni paytda ixtiyorimizda bo'lgan futbolchilar nomzodlar orasida eng saralari, deb hisoblayman. Osiyo chempionatiga 23 nafar eng munosib futbolchilar bilan yo'l olamiz. Hozirda jarohat yoki boshqa shunga o'xshash bizni havotirga solayotgan jihatlar yo'q.

Musobaqadagi ilk o'yinni Eron olimpiya terma jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Guruhda shuningdek, Janubiy Koreya va Xitoy termalari bilan bahs olib boramiz. Har bir raqibni o'rgandik, bu jarayon hamon davom etyapti. Har bir uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik bilan chiqamiz.

Jamoada muhit alo darajada. Yigitlarda kayfiyat yaxshi. Hamma do'stona aloqada. Umid qilaman, biz qita chempionatida yaxshi o'yin namoyish etamiz. O'zbekistonlik futbol ishqibozlariga ajoyib g'alabalar taqdim etish uchun bor kuch-mahoratimizni ishga solamiz, - dedi tajribali mutaxassis.


Reyting: +1   

Fikrlar

   
12 dek 18:20:04
Muhammad Rahmatillaev
Омад яхши ният ярим мол дейишадику.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing