12 noy 10:56
Yangiliklar
Dubay-2019. Yaponiya, Germaniya va AQSH dan oldindamiz!
Musobaqaning 5-kuni ham vakillarimiz uchun omadli kechdi. Balandlikka sakrash bellashuvlarida Timur Giyasov kumush medalini, yadro uloqtirishda esa Husniddin Norbekov oltin medalni qo'lga kiritdi. Hozircha Para atletikachilarimi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 7-o'ringa ko'tarilib olishdi.
Takidlash kerakki, O'zbekiston terma jamoasi ayni damda Yaponiya, Germaniya va AQSH kabi davlatlardan yuqorida bormoqda.
O'tgan 5 kun davomida Dubaydagi jahon chempionatida medal olgan sportchilarimiz:
Doniyor Saliev (uzunlikka sakrash) – Oltin
Safiya Burxanova (yadro uloqtirish) – Kumush
Elbek Sultonov (yadro uloqtirish) – Bronza
Bobirjon Omonov (yadro uloqtirish) – Oltin
Nozimaxon Qayumova (nayza uloqtirish) – Bronza
Timur Giyasov (balandlikka sakrash) - Kumush
Husniddin Norbekov (yadro uloqtirish) - Oltin
Fikrlar