11 jan 09:09
Yangiliklar
Engil atletika
Dubay yig'ini qizg'in davom etmoqda
Xabaringiz bor, ayni kunlarda para-engil atletikachilarimiz Dubay shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etmoqda.
Murabbiylar shtabi musobaqalarga qadar etarli vaqt borligi sabab texnik-taktik mashg'ulotlardan ko'ra, asosan jismoniy tayyorgarlikka ko'proq urg'u bermoqda. Sportchilarimizning ertalabki mashg'ulotlari fitness zalda, kechki mashg'ulotlar esa ochiq havoda - stadionda o'tkazilmoqda.
Eslatib o'tamiz, para-engil atletikachilarimizni oldinda 10-14 fevral kunlari aynan Dubay shahrida “Tokio-2020” Paralimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi Gran-pri turniri kutib turibdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar