So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

29 dek 08:16
Yangiliklar

SHaxmat

Dubov - rapidda jahon chempioni, shaxmatchilarimiz TOP-50ga kira olishmadi

Teglar :  SHaxmatDubovVohidov
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida shaxmatning rapid yo'nalishi bo'yicha jahon chempionati yakunlandi.

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda uch nafar istedodli yosh shaxmatchilarimiz ham ishtirok etishdi. Umumiy mukofot jamg'armasi 1 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi jahon chempionatining rapid yo'nalishida kecha bir nechta tur uchrashuvlari o'tkazilib, musobaqaga yakun yasaldi. 

Hamyurtlarimizdan eng yaxshi natijaga amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchratgan xalqaro master SHamsiddin Vohidov erishdi. Yosh shaxmatchimiz 15 imkoniyatdan 8,5 ochko jamg'arib, 53-58 o'rinlarni band etdi. U jahon chempionatida reytingda o'zidan yuqorida turgan xalqaro grossmeysterlarni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. SHamsiddinov so'nggi 15-partiyada rossiyalik Mixail Demidovni mag'lub etdi. 

Yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov 15 imkoniyatdan 8 ochko jamg'ardi. U qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 69-83 pog'onalar orasida joylashdi. Jahonning eng yosh to'rtinchi xalqaro grossmeysteri bo'lib turgan Nodirbek so'nggi turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, ispaniyalik mashhur xalqaro grossmeyster Francisko Valexo bilan murosaga keldi. 

Yana bir hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboev esa 7,5 ochko bilan 93-96 pog'onalar orasidan joy oldi. Yoqubboev so'nggi 15-partiyada armanistonlik xalqaro grossmeyster Aram Xakobyan bilan durangga imzo chekdi. 

Rapid bo'yicha jahon chempionati kutilmagan natija bilan yakunlandi. Yakunda 15 imkoniyatdan 11 ochko jamg'argan rossiyalik grossmeyster Danil Dubov jahon chempioniga aylandi. U so'nggi turda ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov bilan durang o'ynadi. Oq donalarda harakat qilgan Mamadiyarov g'alaba qozonganida, aynan u jahon chempioni bo'lar edi. 

CHempiondan yarim ochko kam jamg'argan SHaxriyar qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egalladi. Amerikalik Xikaru Nakamura esa kuchli uchlikka yakun yasadi. Vladislav Artemev (Rossiya) va Magnus Karlsen (Norvegiya) ham kuchli uchlikdagi grossmeysterlar singari 10,5tadan ochko to'plashdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing