03 jan 16:16
Yangiliklar
Futbol
Duglas Kosta "Yuventus"ga qaytishni xohlamayapti
"Gremio" hujumkor yarim himoyachisi Duglas Kosta Evropaga qaytish ishtiyoqida yonmayapti.
Vingerning transfer huquqi Turinning "Yuventus" klubiga tegishli, u Braziliyada ijara asosida harakat qiladi.
"Duglas "Gremio"da qolmoqchi va biz ushbu o'yinchini saqlab qolishga qiziqmoqdamiz", - deydi jurnalistlar bilan suhbatda Braziliya klubi prezidenti Romildo Junior.
SHu bilan birga Kostaning maoshini ko'tarish "Gremio"ga oson bo'lmaydi. Bundan tashqari jamoa o'tgan mavsum so'nggiga ko'ra, Braziliya chempionatining yuqori divizionidan tushib ketdi.
31 yoshli Duglas o'tgan mavsum 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : Radio Gaucha
Fikrlar