02 mar 13:32
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning 182-raketkasi Tyago Santyagoda chempion bo'ldi
CHilining Santyago shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP turniri yakunlandi.
Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 182-raketkasi bo'lib turgan braziliyalik Tyago Seybot reytingning 38-pog'onasidan joy olgan norvegiyalik Kasper Ruudni mag'lub etishning uddasidan chiqdi - 7/5, 4/6, 6/3. Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda Tyago 17, Kasper esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk to'qnashuvi edi.
Santiago Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Seybotga 101,285 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. 19 yoshli Tyago faoliyatidagi ilk sovrinini aynan Santyagoda qo'lga kiritdi. U shu kungacha turnirlardagi ishtirokidan 130,386 dollar ishlab olgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar