25 mar 14:57
Yangiliklar
Boshqalar

Dunyoning eng boy sportchisi Tayger Vuds Donald Trampning sobiq kelini bilan "munosabatda" ekani oydinlashdi + FOTO
Amerikalik milliarder golfchi Tayger Vuds kichik Donald Trampning sobiq rafiqasi Vanessa Tramp bilan iliq munosabatda ekanini tasdiqladi.
Sportchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga sevgilisi bilan tushgan suratlarini joylashtirdi va quyidagicha izohladi:
"Sevgi nafasi havoda kezib yuribdi. Siz yonimda bo'lganingizda hayot yaxshiroqdir! Biz birgalikdagi hayot sayohatimizni intiqlik bilan kutyapmiz", deb yozgan Vuds.
47 yoshli Vanessa 2005 yildan 2018 yilgacha AQSH amaldagi prezidentining o'g'li — kichik Trampning rafiqasi bo'lgan. 49 yashar Tayger 15 karra Major mukofoti sovrindori hisoblanadi. 2019 yilda katta Tramp uni Prezidentning Ozodlik medali bilan taqdirlagan.
Havola :
Manba : theguardian.com
Fikrlar