02 jan 03:59
Yangiliklar
Dunyoning eng yosh jahon chempioni tantanali kutib olindi FOTOREPORTAJ
Jahon chempionatining rapid yo'nalishida 17 yoshli grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov nomdor raqiblari, shu jumladan amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchratib, sayyoramizning eng kuchli shaxmatchisiga aylandi.
Rapid yo'nalishidan so'ng, 180 nafar shaxmatchi ikki kun davomida blic yo'nalishida o'zaro musobaqalashdi. O'tkazilgan bahslar yakuniga ko'ra, Javohir Sindarov hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijani qayd etdi. SHaxmatchimiz 21 imkoniyatdan 13,5 ochko jamg'argan holda 8-o'rinni egalladi.
Biroz avval jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov va terma jamoamizning qolgan vakillari joy olgan samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi. SHaxmatchilarimizni keng jamoatchiligi, ularning oila azolari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.
Suratlar saytimiz vakili Abdurahmon Fozilov tomonidan taqdim etildi
Fikrlar