So’nggi yangiliklar

08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0

31 okt 09:59
Yangiliklar

Taekvondo

Dunyoning sara taekvondochilari Namanganda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan taekvondo “WT” bo'yicha “Uzbekistan Open” xalqaro turniriga start berildi.

Xalqaro taekvondo federaciyasi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, respublika Sport vazirligi, Namangan viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada nafaqat mamlakatimiz, balki Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Qozog'iston, Rossiya Federaciyasi, Koreya Respublikasi, Hindiston, Kanada kabi jahonning o'ndan ortiq davlatlaridan kelgan bir ming 400 dan ziyod sharq yakkakurash ustalari g'oliblik uchun tatamiga chiqadi. 

O'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasidagi bellashuvlar 36 kilogrammdan +87 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifalarida o'tkazilmoqda. Bahslarni Tunis, Eron Islom Respublikasi, Bahrayn, Koreya Respublikasi, Iordaniya kabi xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan malakali hakamlar guruhi baholab bormoqda. 

– Birinchi marotaba Namanganda tashkil etilayotgan jahon darajasidagi ushbu xalqaro turnirning ahamiyati sportchilar uchun ham, tashkilotchilar uchun ham muhim ahamiyatga ega, – deydi Xalqaro taekvondo federaciyasining tashkiliy delegaciyasi vakili Tavfiq Nasir. – O'zbeklar mehmondo'st xalq ekanligiga bizlarni kutib olish jarayonlarida yana bir bor amin bo'ldim. Musobaqa kutilgan darajada yuksak saviyada o'tadigan bo'lsa, biz Osiyo chempionati yoki Osiyo o'yinlari maqomidagi musobaqalar mezbonligini Namangan shahriga berish borasida takliflarimizni kiritishimiz mumkin. 

Etiborlisi, musobaqada g'olib bo'lganlar “Los-Anjeles-2028” yozgi Olimpiya o'yinlari uchun 10 ballik reyting ochkolarini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi. SHuningdek, xalqaro ochiq turnirda Osiyo chempionati, Osiyo o'yinlari, jahon chempionati, jahon kubogi, gran-pri turkumidagi nufuzli musobaqalarda g'olib chiqqan iqtidorli taekvondochilarimiz O'zbekiston sharafini himoya qilishmoqda. 

Jumladan, Namangan shahridagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabi tarbiyalanuvchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi Asadbek Soataliev “Uzbekistan Open”dagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. U joriy yilning sentyabr oyida Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan jahon chempionatidagi zafarli yurishini yurtimizda munosib davom ettirishga astoydil ahd qilgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing