29 dek 13:05
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/7097_220.jpg)
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi 29 yoshida faoliyatini yakunladi
Serbiya tennisi yulduzi 29 yoshli Ana Ivanovich faoliyatini yakunlaganligini malum qildi.
Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennis malikasi sentyabr oyida jarohati sabab turnirlardagi ishtirokini to'xtatgan edi.
“Faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Albatta, bu qarorga kelish menga oson bo'lmadi. Lekin taqdirimdan va faoliyatimdan mamnunman. 5 yoshimda tennischi bo'lishni orzu qilgandim.
Nafaqat orzuimga erishdim, balki dunyoning birinchi raqamli tennischisi darajasigacha ko'tarildim. “Rolan Garros” turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritdim. WTA turkumiga kiruvchi 15ta turnirda zafar quchdim”, – dedi maftunkor Ivanovich.
Havola :
Fikrlar