24 apr 10:19
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Dusanovada oltin, Radzivilda bu safar bronza!
Qatar poytaxti Doha shahrida engil atletika bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
			O'z tarixida 23-marotaba tashkil etilayotgan qita chempionatida O'zbekiston terma jamoasi atletlari ham munosib tarzda ishtirok etishyapti. Navbatdagi medallar balandlikka sakrash sektorida qo'lga kiritildi.
Ushbu yo'nalishdagi ikki mashhur sportchimiz - Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova yana shoxsupaga ko'tarilishdi. Bu safar Dusanova 1 metru 90 santimetr balandlikni o'ziga bo'ysundirib, Osiyo chempioniga aylandi. Bir xil - 1 metru 88 santimetr natija qayd etgan qozog'istonlik Nadejda Dubovickaya va Svetlana Radzivil mos ravishda kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar