22 fev 16:13
Yangiliklar
Dzyudo

Dyusseldorf. SHturbabin ikkinchi g'alabasiga erishdi
Dyusseldorf shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Joriy yil hisobidan ikkinchi “Katta Dubulg'a” turnirida 10 nafar o'zbekistonlik polvonlar ham ishtirok etyapti. Hamyurtlarimizdan birgina Diyora Keldiyorova o'z ishtirokini yakunladi.
-66 kg vazn toifasidagi vakilimiz Artyom SHturbabin esa musobaqadagi ikkinchi g'alabasiga erishdi. Kichik SHturbabin ilk davrada xitoylik Jikyang Vudan ustun kelgandi. Hozirgina yakuniga etgan ikkinchi bosqich uchrashuvida esa germaniyalik Manuel SHeybelni mag'lubiyatga uchratdi.
Endi Artyom chorak final yo'llanmasi uchun koreyalik Kim Lim Xvanga qarshi bahs olib boradi. Kim ikkinchi davrada rossiyalik taniqli dzyudochi Mixail Pulyaevni engishga muvaffaq bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar