31 dek 11:26
Yangiliklar
SHaxmat
Dzagnidze - blic yo'nalishida jahon chempioni!
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.
King Salman World Rapid and Blitz Chess Championships musobaqasida 55 davlatdan 200 nafardan ziyod dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etdi. Blic yo'nalishi bo'yicha xotin-qiz shaxmatchilar o'rtasida o'tkazilgan bahslarda Nana Dzagnidze jahon chempionligiga erishdi.
Gruziyalik grossmeyster 21 imkoniyatdan 16,5 ochko
jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. G'olibadan yarim ochkoga ortda qolgan rossiyalik
Valentina Gunina kumush, xitoylik Czyuy Venczyun esa 14 ochko bilan bronza
medalini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar