11 noy 19:40
Yangiliklar
Dzyudo. Bekmurod Oltiboev Toshkent Gran-Prisining kumush medali sohibi!
+100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekmurod Oltiboev musobaqa davomida Ukraina, Tojikiston va Rossiya vakillarini mag'lubiyatga uchratib finalgacha etib bordi. Hal qiluvchi bahsda hamyurtimiz rossiyalik boshqa bir sportchi Soslan Bostanovga qarshi tatamiga chiqdi va imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yakunda Oltiboev Toshkent Gran-Prisining kumush medali sohibiga aylandi.
SHu tariqa dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-Prisi yakuniga etdi. Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
O'zbekistonlik sovrindor sportchilar:
Oltin:
-73 kg: Hikmatullo To'raev
Kumush:
-60 kg: Diyorbek O'rozboev
-66 kg: Sardor Nurillaev
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Bronza:
-66 kg: SHahram Ahadov.
Musobaqa yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 47 mamlakat ichida beshinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar