23 iyu 17:57
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Budapesht Gran Prisida etti nafar sportchimiz tatamiga chiqadilar
2016 yilning 25-26 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi Papp Laszlo Sport Arena” sport saroyida dzyudo kurashi bo'yicha Gran Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnir o'tkaziladi.
Dunyoning ellikdan ziyod davlati vakillari ishtirokida o'tkaziladigan mazkur musobaqada Vatanimiz sharafini 7 nafar sportchimiz himoya qiladi.
Erkaklar o'rtasida o'tkaziladigan bellashuvlarda SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg), Rishod Sobirov (-66 kg), G'iyosjon Boboev (-73 kg), Yahyo Imomov (-90 kg), Soib Qurbonov (-100 kg), xotin-qizlar bahsida esa Diyora Keldiyorova (-52 kg) hamda Gulnoza Matniyozova (-70 kg) tatamiga chiqadilar.
Dzyudo ustalarimizga bo'lajak bellashuvlarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.
Havola :
Fikrlar