07 okt 17:53
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. G'iyosjon Boboev kumush medal sohibi
Toshkentda bo'lib o'tayotgan dzyudo bo'yicha Gran Pri bahslarida -73kg vazn toifasidagi sportchimiz G'iyosjon Boboev finalga yo'llanmani qo'lga kiritgandi.
Afsuski, u qozog'istonlik Jansay Smagulovga qarshi bo'lib o'tgan jangda imkoniyatni boy berib qo'ydi va kumush medal bilan kifoyalandi.
Ushbu vazndagi boshqa sportchimiz Hikmatulloh To'raev slovakiyalik Martin Xojakni mag'lub etib, bronza medalini qo'lga kiritdi.
Bronza medali uchun jang qilgan boshqa bir sportchimiz Mirzohid Farmonov esa ozarbayjonlik raqibiga mag'lub bo'ldi va bronzadan quruq qoldi.
-73kg. Yakuniy natijalar:
1-o'rin: Jansay Smagulov (Qozog'iston)
2-o'rin: G'iyosjon Boboev (O'zbekiston)
3-o'rinlar: Hikmatulloh To'raev (O'zbekiston), Telman Valiev (Ozarbayjon)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar