10 iyu 08:19
Yangiliklar
Dzyudo. MOQ sovrini uchun musobaqasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Taekvondo WTF associaciyasiga qarashli «Universal» sport majmuasi mezbonlik qilayotgan turnirda dzyudochilardan tashqari kurash, belbog'li kurash va sambo kabi yo'nalishlarda faoliyat olib borayotgan sportchilar ham ishtirok etishmoqda.
Musobaqani tashkil qilishdan maqsad yuqorida qayd etilgan sport turlarida kashf etilgan polvonlarni dzyudoga yo'naltirishdir. SHu orqali Olimpiya o'yinlari oilasiga kiruvchi dzyudoda raqobatni oshirish maqsad qilib qo'yilgan.
Kecha musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bahslarda yurtimizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin sportchi o'z omadini sinab ko'rmoqda.
Bahslar erkaklar o'rtasida -60, -66, -73, -81, -90, -100 va +100 kg vazn toifalarida, ayollar o'rtasida esa -48, -52, -57, -63, -70, -78 va +78 kg vazn toifalarida bo'lib o'tmoqda.
Fikrlar