So’nggi yangiliklar

19:37Юлдузлар йиғилган Mangu 2 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 19:16Танташев Элит ОЧЛ финалига тайинланди 0 18:55Уч нафар боксчимиз Жаҳон кубогида рингга чиқади 0 18:34Shymkent Challenger. Фомин камбэк эвазига 1/2 финалга чиқди 0 18:13Дэвид Бенавидес Дмитрий Бивол билан жанг учун ярим оғир вазнга қайтмоқчи 0 17:52"Реал" ва "Барселона" Испания терма жамоаси аъзоси учун курашади 0 17:31Бугун Синдаров ва Абдусатторов Киберспорт бўйича Жаҳон кубогидаги иштирокини бошлайди 0 17:10"Жуда кулгили бўлди". Гусковнинг мураббийи Блаховичнинг жароҳатига шубҳа билдирди 0 16:49"Жангни қабул қил. Нима учун қочяпсан?" Царукян Топурияга жавоб қайтарди 0 16:28"Манчестер Сити" биринчи ўринга чиқиб олганидан сўнг Гвардиола нималар деди? 0 16:07Мария Тимофеева Швейцария турнирида 1/4 финалга чиқди 0 15:46Фрэнсис Нганну фаолиятини якунлашдан олдин Жон Жонс билан жанг қилмоқчи 0 15:25Бахрам Муртазалиевнинг навбатдаги рақиби аниқланди 0 15:04"Арсенал" ёзги трансфердаги асосий мақсадини белгилаб олди 0 14:43Царукян янги шартнома бўйича RAF лигасидан улуш олишни хоҳламоқда 0

07 apr 17:25
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Tilovov kutilmaganda yutqazib qo'ydi, Diyorada bronza uchun imkoniyat bor

Teglar :  Gran-PriDzyudo
Bugun Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo'yicha Gran-Pri turniri start oldi.


Xabar berib o'tganimizdek, bugun 6 nafar sportchimiz bahslarda o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishdi.

-60 kg vazn toifasidagi sportchilarimiz Muhiddin Tilovov va Doniyor Sultonboevlar o'zlarining ilk janglarida isroillik sportchilarga imkoniyatni boy berib qo'ydilar.

-66 kg vazn toifasidagi Sardor Nurillaev ilk jangida ozarbayjonlik raqibini mag'lubiyatga uchratgandi. Biroq, keyingi bosqichda mog'ulistonlik Altansuh Dovdonga yutqazib qo'ydi va musobaqa bilan hayrlashdi. SHu vazndagi Bahrom Inoyatov esa ilk jangida mezbon Ertugrul Donmezga imkoniyatni boy berdi.

Qizlarimizdan -52 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Diyora Keldiyorova ilk jangida xitoylik raqibini mag'lub etdi. Ikkinchi davrada esa turkiyalik Damla CHaliskandan ustun keldi. Yarim finalda esa isroillik Gili Koenga yutqazib qo'ygan sportchi endilikda bronza medali uchun jang qiladi. Ushbu yo'la unga boshqa bir Isroil sportchisi Ariel Bezalel raqiblik qiladi.

-57 vazn toifasidagi Sanobar Sultonova ilk jangida ozarbayjonlik Nargiz Xadjaevani mag'lub etdi. Ikkinchi davrada esa Isroil terma jamoasi azosi Timna Nelsonga yutqazib qo'ydi. Lekin, Nelson finalga chiqqani uchun vakilimizda o'tish turnirida ishtirok etish imkoniyati paydo bo'ldi. Biroq, Sanobar o'tish bahsida qozog'istonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Bugun kechki bahslarda Diyora Keldiyorovaga muxlislik qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
08 apr 10:28:53
Ангрен
Исроил ДЗЮДО мактаби шунака кучлими? ДЗЮДО дан хам анча оркага кетиб колдик. Ниманидир узгартиришимиз керак
   
08 apr 08:59:42
DDD
Omad
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing