08 sen 08:27
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudo vatanidagi mashg'ulotlar yaponiyaliklar bilan birgalikda o'tkazilyapti
Olimpiya o'yinlari sovrindorlari Alisher Yusupov va Davlat Bobonov alohida dastur asosida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
Terma jamoamizning bu ikki etakchi vakili Nurali Qobulov murabbiyligida Yaponiyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazyapti. Bu dzyudochilarimizning alohida dastur bo'yicha ikkinchi xorij yig'ini hisoblanadi. Ular bundan avval Ispaniyaning Valensiya shahrida o'tkazilgan xalqaro mashg'ulotlarda ham ishtirok etishgan edi.
Yaponiyadagi yig'in doirasida yaponiyalik dzyudochilar bilan ham birgalikda mashg'ulot o'tkazildi. Unda Bobonovning azaliy raqiblaridan biri Sanshiro Murao, shuningdek, 2024 yil Abu-Dabida o'tgan jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan Tatsuki Isixara (-73 kg)ni ham ko'rish mumkin. Nurali Qobulovning yonidagi esa Murao va Isixaraning murabbiyi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar