25 iyu 15:01
Yangiliklar

Dzyudochi qizlarimiz Isroilda mashg'ulot o'tkazishyapti + FOTO
Marko SHpitka va Muqaddas Kubeeva murabbiyligidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi Isroil davlatida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazyapti.
Isroil terma jamoasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu yig'in dzyudochi qizlarimiz uchun kelasi oy Turkiyada o'tkaziladigan Islom Birdamlik o'yinlari hamda Qozog'iston mezbonlik qiladigan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab bermoqda.
Murabbiylar Isroil yig'iniga Gulnur Muratbaeva (-48 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg), Sita Kadambaeva (-52 kg), Nilufar Ermaganbetova (-57 kg), Mamlakat Sultonova (-63 kg), Farangiz Hojieva (-63 kg), SHohista Nazarova (-70 kg), Gulnoza Matniyazova (-70 kg) va SHirinjon Yo'ldosheva (+78 kg)ni taklif etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar