19 jan 20:05
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz Ozarbayjonga jo'nab ketishdi
O'zbekiston erkaklar terma jamoasi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etish maqsadida Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga yo'l oldi.
31 yanvarga qadar davom etadigan ushbu xalqaro yig'inda bir nechta davlat dzyudochilari ham mashg'ulot o'tkazadi. Asosan yoshlardan iborat terma jamoamiz tarkibidan 11 nafar dzyudochi joy olgan.
Boku yig'ini kelasi oy poytaxtimizda o'tkaziladigan OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Ozarbayjonga yo'l olgan tarkibimiz:
-60 kg: Muhammadali Masharipov
-66 kg: Dilshod Hamroev
-73 kg: Elbek Tojiev, Inoyat Telmanov, Hojiakbar Toshev
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov
-90 kg: Alisher Samanov, Nurbek Murtazoev, Sultonbek Abdushukurov
-100 kg: Muhammadali Zoirov
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev
Murabbiy - SHarofiddin Boltaboev






Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar