25 noy 14:12
Yangiliklar
Futbol

ECHL. "Yuventus" futbolchisi "Atletiko"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
"Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeski "Atalanta"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Futbolchi o'sha o'yinda nafas olishi qiyinlashishi sabab o'z o'rnini Aaron Remziga bo'shatib berdi. Bernardeski ECHL doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi.
25 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar