07 may 11:47
Yangiliklar
Futbol

ECHL. "Yuventus" - "Lion" uchrashuvi 8 avgustda o'tkaziladi
UEFA CHempionlar Ligasining qoldirilgan o'yinlari taqvimini tuzishga kirishdi, mazkur bahslar qita birinchiliklari nihoyasiga etganidan keyin o'tkazilishi kerak.
RMC Sport xabariga ko'ra, UEFA rahbariyati chorshanba kuni videokonferenciya o'tkazib, "Yuventus" — "Lion" (nimchorak finalning javob o'yini, Franciyadagi bahsda "Lion" 1:0 hisobida g'alaba qozongandi) uchrashuvini 8 avgust kuni o'tkaziysh masalasini ko'rib chiqqan. Tashkilot Evropa klublariga o'z rejasini malum qilib, milliy chempionatlar iyulning oxiriga qadar yakunlanishini eslatgan.
SHuningdek, musobaqaning 1/8 finali doirasida "Barselona" va "Napoli", "Bavariya" va "CHelsi", "Manchester Siti" hamda "Real" jamoalari o'rtasidagi javob o'yinlari ham o'tkazilishi kerak.
Havola :
Fikrlar