11 dek 08:17
Yangiliklar
ECHLning o'tgan yilgi yarim finalchisi musobaqani tark etdi
"H" guruhida kuchi bir-biriga yaqin, hujumkor futbolni namoyish qiluvchi quvnoq jamoalar to'plangan edi. Bu so'nggi turning so'nggi daqiqalarigacha pley-off yo'llanimasi ustida so'roq belgisi porlab turishini taminladi.
Tur avvalidanoq bugun musobaqani qaysidir quvnoq jamoa tark etishi malum edi. Bu jamoa "Ayaks" bo'lib chiqdi. Amsterdamda "Ayaks" ustidan g'alaba qozongan "Valensiya" guruh g'olibi sifatida keyingi bosqichga yo'l oldi.
"CHelsi" esa "Lill"ga qarshi uchrashuvdagi g'alaba evaziga guruhda ikkinchi bo'ldi. O'tgan mavsum "Real"-u, "Yuventus"larni yanchib tashlagan gollandlar endi Evropa ligasi bosh sovrini uchun kurash olib boradilar.
CHelsi Angliya – Lill Franciya 2:1
“Stemford Brij” stadioni
Gollar: 1:0 – 19 Abraxam, 2:0 – 35 Aspilikueta, 2:1 – 78 Remi.
CHelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Zuma, Aspilikueta, Emerson, Kante, Jorjino, Pulishich (Xadson-Odoi, 62), Kovachich (Maunt, 82), Villian, Abraxam (Batshuayi, 72).
Lill – Menyan (Leo Jardim, 72), Gabriel, CHelik, Tiagu Djalo, Pe, Tiago Mayya (Bamba, 66), Sumare, SHeka, Yaziji, Luis Araujo (Sanshesh, 82), Remi.
Ogohlantirishlar: CHelik (40), Zuma (45), SHeka (67).
Ayaks Gollandiya – Valensiya Ispaniya 0:1
“Yoxan Kroyff Arena”
Gol: 0:1 – 24 Rodrigo.
Ayaks – Onana, Alvares (Dest, 46), Mazraui, Blind, Martines, Tadich, Lang (Xuntelar, 70), Talyafiko (de Yong, 89), van de Bek, Veltman, Ziesh.
Valensiya – Domenek, Gabriel Paulista, Diakabi, Gayya, Vass, Parexo, Soler, Koklen, Ferran Torres (Mangalya, 90), Gameyro (Valexo, 54), Rodrigo.
Ogohlantirishlar: Alvares (10), Domenek (79), Talyafiko (79), Onana (81), Parexo (81), van de Bek (83), Valexo (86), Tadich (90).
CHetlatish: Gabriel Paulista (90).
Fikrlar