17 jan 16:10
Yangiliklar
Tennis

Edmund: "Istominga qarshi professional harakat qildim"
Britaniyalik tennischi Kayl Edmund Denis Istominga qarshi Avstraliya ochiq chempionatidagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hozircha ajoyib tennis namoyish eta olyapman. Bu zo'r. Anderson ustidan qozonilgan g'alaba menga ishonch bag'ishladi. O'yin boshlangungacha ham men ajoyib jismoniy holatda ekanligimni va kuchli zarbalar bera olishimni bilardim. Bugun Istomin yutganida ham oxirigacha kurasha olishimni bilardim.
Professionallarcha harakat qildim va mendan talab qilingan barcha ishni bajardim. Mana shunday issiq havoda ham g'alaba qozona olganimdan xursandman", - dedi Edmund.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar