05 fev 22:20
Yangiliklar
Futbol

Egasini kutayotgan it! Salaning opasi ijtimoiy tarmoqqa ko'zga yosh keltiruvchi surat joyladi FOTO
Izsiz yo'qolgan argentinalik futbolchi Emiliano Salaning opasi Romina ijtimoiy tarmoqqa yuraklarni ezuvchi surat joyladi.
Bu suratlarni tomosha qila turib, badaningizdan go'yo chumoli yurib ketgandek bo'ladi. Nala ismli it o'z egasini hamon kutyapti, undan umidini uzgani yo'q!
Romina suratlar ostiga shunday so'zlarni bitib qo'ydi: “Nala ham seni kutyapti ...”
Eslatib o'tamiz, “Kardiff Siti” klubining yangi futbolchisi bo'lgan Emiliano Sala Franciyadan Angliyaga kichik shaxsiy samolyotda yo'l olgan, lekin qo'nishga bir soat qolganda radardan yo'qolgan edi.
Qutqaruvchilar bir necha kun deganda La-Mansh bo'g'ozida samolyot qoldiqlari va bitta jasadni topishgandi. Hozircha bu Emiliano yoki pilot Devid Aybbotsonmi, bu nomalum bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar