27 sen 00:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Muhiddin Mamajonov Toshkentda Magomed Salievga qarshi jang qildi
Mangu 5 turniri davom etmoqda.
Musobaqada taniqli MMA ustamiz Muhiddin Mamajonov rossiyalik tajribali Magomed Salievga qarshi bahs olib bordi.
Yarim o'rta vazn toifasida tashkil etilgan jang to'liq 3 raund davom etib, yakunda Mamajonov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Muhiddin Mamajonov faoliyati davomida 13 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Saliev hisobida esa endi 13 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor. U Mangu 1 turnirida yurtdoshimiz Amirxon Alixo'jaevni birinchi raundda nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar