01 okt 10:26
Yangiliklar
Tennis
Ejeni Bushar 6 yil deganda French Open 3-davrasiga chiqdi
Franciya poytaxti Parij shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri qizg'in davom etmoqda.
Sayyoramizning 168-raketkasi Ejeni Bushar olti yillik tanaffusdan so'ng Franciya Ochiq chempionatining uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi. Kanadalik tennis malikasi ikkinchi bosqich uchrashuvida reytingning 788-pog'onasidan joy olgan avstraliyalik Darya Gavrilovani engdi - 5/7, 6/4, 6/3.
Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan bahsda 26 yoshli Bushar 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Raqibasida bu ko'rsatkich nol ko'rinishida bo'ldi. O'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanati tiklandi - 2:2. Ejeni Bushar French Open uchinchi davrasida polshalik Iga Svyontekka qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar