14 mar 16:58
Yangiliklar
Tennis
Ejeni Bushar final uchrashuvida kortga chiqdi
Meksikaning Gvadalaxara shahrida tennis bo'yicha WTA turniri yakunlandi.
Abierto Zapopan turnirining xal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 71-raketkasi bo'lib turgan ispaniyalik Sara Sorribes-Tormo reytingning 144-pog'onasidan joy olgan kanadalik maftunkor tennischi Ejeni Busharga qarshi kortga chiqdi. Besh daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Sara 6/2, 7/5 hisoblarida g'alaba qozondi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Ilk bahsda ham Ejeni mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. Abierto Zapopan turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Sorribes-Tormoga 29,200 dollar mukofot puli hamda 280 reyting ochkosini keltirdi. Bu uning faoliyatidagi ilk sovrin bo'ldi.
Havola :
Fikrlar