So’nggi yangiliklar

19:03"Жон деб". Рико Верхувен Усик билан реванш истагини билдирди 0 18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 17:02Хаби Алонсо "Челси"га "Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини олиб келиши мумкин 0 16:43Таэквондо терма жамоамиз Осиё чемпионатини 11 та медаль билан якунлашди 0 16:17Рико Верхувен Усик билан жанг бўйича расмий шикоят берди 0 15:43Бокс ҳамжамияти Усик - Верхувен жанги натижасига муносабат билдирди 0 15:16Пеп "Ман Сити"дан кетиши ҳақида: "Мен дам олишга лойиқман" 0 14:49Александр Усик Верхувенни фаолиятидаги энг қийин рақиб деб атади 0 14:19Рико Верхувен рефери қароридан шикоят қилиш эҳтимоли ҳақидаги саволга жавоб берди 0 13:57Жейк Пол Усик — Верхувен жанг оқшомини танқид қилди 0 13:11"Мен ҳам, Германия ҳам тайёр". Кабайел Усик билан жангга розилик билдирди 0 12:39"Реал" Моуриньюнинг трансфер мақсади учун 100 миллион евро тўлаши керак?! 0

31 iyu 12:23
Yangiliklar

Tennis

Maftunkor Ejeni Bushar faoliyatidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi

Teglar :  Ejeni Bushar
Dunyoning sobiq beshinchi raketkasi Ejeni Bushar professional sportdagi faoliyatini yakunladi.

Kanadaning Monreal shahrida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir kanadalik tennis malikasi uchun faoliyatidagi so'nggi musobaqa bo'lib qoldi. 31 yoshli Bushar ushbu turnirning ikkinchi davrasida shveycariyalik Belinda Benchichga 2/6, 6/3, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

"Men shu kortlarda katta bo'ldim. Bolaligimda bu erda o'tkazilgan o'yinlarni tomosha qildim. O'zim havas qilgan joyda faoliyatimni yakunlash ham og'ir, ham maroqli. Tennis menga o'zim xohlagandan ham ko'p narsani berdi. O'tgan yillar davomida yonimda bo'lgan, meni har tomonlama qo'llab-quvvatlagan insonlarga cheksiz minnatdorligimni izhor qilaman. Onam, otam, akam, opa-singillarimga rahmat. Sizlarsiz men hozir bu erda bo'lmasdim", - deya ko'zida yosh bilan uchrashuvdan so'ng kortda intervyu bergan Ejeni.

Malumot uchun, Ejeni Bushar Uimbldon-2014 vice-chempioni hisoblanadi. O'sha yili u  "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Australian Open va "Rolan Garros" turnirlari 1/2 finaliga qadar etib borgan. 2023 yilda Kanada terma jamoasi bilan Billi Jin King Kubogini qo'lga kiritgan. Nyurnberg WTA 250 turniri chempioni bo'lgan. Sakkiz marotaba WTA turnirlarida finaliga qadar etib borgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing