11 sen 11:00
Yangiliklar
Tennis

Ejeni Bushar Kvebekdagi turnirda ishtirok etmaydigan bo'ldi
Kanadalik tennischi Ejeni Bushar 11-17 sentyabr kunlari bo'lib o'tadigan turnirda ishtirok eta olmaydi.
Bunday qarorga sabab, sportchi virusli kasallik bilan og'rib qolgan.
"Men turnirda ishtirok eta olmayotganimdan judayam afsusdaman. Menga bu erda o'ynash juda yoqardi. Kvebekdagi tomoshabinlar meni doim qo'llab-quvvatlaydilar.
Bir necha kundan beri o'zimni yomon his qilmoqdaman va mashg'ulot o'tkaza olmayapman. Iloji boricha tezroq tuzalmoqchiman. Lekin, qachon Turga qaytishimni bilmayman", - deydi Bushar.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar