15 mar 21:09
Yangiliklar
Dzyudo

Ekaterinburg “Katta Dubulg'a”. -52 kg vaznda isroillik qiz chempion!
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaning birinchi kungi bahslari yakunlandi.
Xotin-qiz dzyudochilar o'rtasidagi -52 kg vazn toifasida isroillik Gili Koxenga teng keluvchi raqiba topilmadi. U final uchrashuvida ispaniyalik Ana Perezni mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Rossiyalik Natalya Kuzyutina va belgiyalik CHarlin Van Snik bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Ushbu vaznda Diyora Keldiyorova yurtimiz sport sharafini himoya qildi. Hamyurtimiz birinchi bosqichda braziliyalik Sarah Menezesni mag'lubiyatga uchratdi. Lekin ikkinchi davrada polshalik Agata Perensga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar